Ramazon oyining yakunlanishi munosabati bilan yozilgan xat
Iyd al-Fitr, Hijriy 1433-yil / Melodiy 2012-yil
Adolat va tinchlik uchun yosh Xristian va Musulmonlarni o’qitish
Xurmatli Musulmon do’stlar,
1. Ramazon oyining yakunlanishini nishonlaydigan Iyd al-Fitr bayrami, Papaning
Dinlararo Dialogi Kengashi tomonidan sizlar uchun juda iliq tabriklarni
ifodalash imkoniyatini yaratgani uchun benihoyat xursanddir.
Sizlar bilan birga biz uchun ham bir xil ahamiyatga ega bo’lgan shu Xudoga bo’lgan
itoatni Ro’za tutish va boshqa diniy amaliyotlar orqali chuqurlashtirish uchun
imkoniyat yaratadigan imtiyozli onlardan biz ham juda xursandmiz.
Shuning uchun ham, shu yil, bizlar uchun umumiy bo’lgan hamda haqiqat va
mustaqillikdan ajralmas qarashlar, ya’ni, adolat va tinchlik uchun yosh Xristian
va Musulmonlarni o’qitishga diqqat e’tiborimizni qaratish uchun mos topilmoqda.
2. Barchamiz shuni bilamizki, agar ta’lim berish vazifasi butun bir jamiyatga
ishonib topshirilsa, bu avvalambor ota-onaning, oilalar, maktab va
universitetlarning, hamda ular bilan birga diniy, ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy
hayot va aloqa dunyosi uchun ma’sul bo’lganlarning vazifasidir.
Ushbu tashabbus, ya’ni, bolalar hamda yoshlarga Yaratguvchi tomonidan berilgan
in’omlarni kashf qilish va rivojlantirishda yordam berish, hamda ishonchli
insoniy munosabatlarni yaratish - ko’rkam va o’z o’rnida mushkul vazifadir. Ta’lim
berish vazifasini nazarga olgan holda, yaqinda Avliyo Papa Benedikt XVI ushbu
gaplarni keltirib o’tdilar: “Shu sababli, bugungi kunda biz faqat tartib-qoida
va asoslarni ajratadiganlarga emas, balki haqiqiy guvohlarga har qachongidan ham
muxtojmiz… Avvalambor guvoh bu, boshqalarga tatbiq qilib kelayotgan hayot bo’yicha
o’zi yashab keladigan insondir.” (“Dunyo Tinchligi Kuniga bag’ishlangan Nutq”,
2012) Bundan tashqari shuni esda tutish kerakki, yoshlar ham o’z o’rnida o’zlarining
ta’limoti hamda adolat va tinchlik shakllanishi uchun ma’suldirlar.
3. Avvalambor adolat insonning yaxlit, to’la shaxsiyati orqali aniqlanadi, va
shaxsiyatning kommutativ va taqsimlanadigan jihatlariga bo’lina olmaydi. Biz
shuni yodda tutishimiz kerakki, barchamizga umumiy bo’lgan maqsadlarga
hamfikrlik va do’stona hislarsiz erishib bo’lmaydi! E’tiqod qiluvchilar uchun,
asl adolat, haqiqat, hamda Xudo bilan hamjihatlikdagi hayot, insonning o’z-o’zi
bilan, boshqalar bilan hamda butun borliq bilan bo’lgan bog’liqliklarni
chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. Bundan tashqari, e’tirof etish lozimki,
adolatning asosi bu barcha insonlar Xudo tomonidan yaratilganligi, hamda bitta
oila ekanligidir. Hayotni bunday nuqtai nazardan ko’rish, aql-idrok hamda
samimiy ustunlikka to’la hurmat qilgan holda, barcha insonlarni yaxshilikka
yetaklaydi, hamda huquqlar va burchlar uyg’unligiga undaydi.
4. Bizning bugungi mushkul dunyoimizda yoshlarga tinchlikka qaratilgan ta’lim
bermoq borgan sari muhim bo’lib kelmoqda. Buning uchun tinchlikning asl tabiati
tushunilishi lozim, ya’ni tinchlik bu nafaqat urushlar yo’qligi, yoki
qaramaqarshi tomonlarning muvozanati, balki bu bilan bir vaqtda Xudo tomonidan
insoniyat hayotini to’xto’vsiz ravishda davom ettirishi uchun berilgan tuxfadir.
Bu o’z ornida adolat mevasi va ehson natijasidir. E’tiqod qiluvchilarning o’z
jamiyatlarining hayotida faol qatnashishlari muhim ahamiyatga egadir, chunki
rahmdillikni, birdamlik, hamjihatlik va aka-ukalikni odat qilish qilish orqali
yoshlar bugunki kunning mushkul vazifalariga, ya’ni bir tekisdagi o’sish, har
tomonlama rivojlanish, ixtiloflarni oldini olish va hal qilishga sezilarli hissa
qo’shadilar.
5. Xulosa qilib aytganda, biz shu xatni o’qayotgan Musulmon hamda Xristian
yoshlarini, adolat va tinchlik jarchilari bo’lishlarini, har bir inson
qadr-qimmati va huquqlarini xurmat qiladigan jamiyat qurishlarini, hamda ozodlik
va haqiqat tushunchalarini mustahkamlashlarini chin dildan xohlab kelmoqdamiz.
Biz yoshlarni shu oliy maqsadlarga yetishish yo’lida sabr-toqatga chaqiramiz,
hamda o’z o’rnida shubhali murosalarni, yolg’on yo’llarni va inson huquqlarini
xurmat qilmaydigan vositalarni ishlatmasliklarini xohlaymiz. Adolat va tinchlik
asoslariga ega bo’lgan jamiyatni faqatgina shu asoslarga chin qalbdan ishongan
erkak va ayollar qura oladilar.
“Tinchlik namoyondalari” bo’lishni xohlaydigan oila, qalb va jamoalarni Xudo o’zi
umid va tinchlik bilan bag’ishlasin!
Barchangizga Bayram muborak bo’lsin!
Vatikan, 3 Avgust 2012-yil
Kardinal Jan-Lui Toran
Bosh Rais
Arxiepiskop Pyer Luidji Chelata
Vazir
PONTIFICAL COUNCIL
FOR INTERRELIGIOUS DIALOGUE
00120 Vatican City
Telephone: 0039-06-6988 4321 / 06-6988 3648
Facsimile: 0039-06-6988 4494
Email: dialogo@interrel.va
|