Ramazon oyining yakunlanishi munosabati bilan yozilgan xat Iyd al-Fitr, Hijriy 1433-yil / Melodiy 2012-yil Adolat va tinchlik uchun yosh Xristian va Musulmonlarni o’qitish Xurmatli Musulmon do’stlar, 1. Ramazon oyining yakunlanishini nishonlaydigan Iyd al-Fitr bayrami, Papaning Dinlararo Dialogi Kengashi tomonidan sizlar uchun juda iliq tabriklarni ifodalash imkoniyatini yaratgani uchun benihoyat xursanddir. Sizlar bilan birga biz uchun ham bir xil ahamiyatga ega bo’lgan shu Xudoga bo’lgan itoatni Ro’za tutish va boshqa diniy amaliyotlar orqali chuqurlashtirish uchun imkoniyat yaratadigan imtiyozli onlardan biz ham juda xursandmiz. Shuning uchun ham, shu yil, bizlar uchun umumiy bo’lgan hamda haqiqat va mustaqillikdan ajralmas qarashlar, ya’ni, adolat va tinchlik uchun yosh Xristian va Musulmonlarni o’qitishga diqqat e’tiborimizni qaratish uchun mos topilmoqda. 2. Barchamiz shuni bilamizki, agar ta’lim berish vazifasi butun bir jamiyatga ishonib topshirilsa, bu avvalambor ota-onaning, oilalar, maktab va universitetlarning, hamda ular bilan birga diniy, ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot va aloqa dunyosi uchun ma’sul bo’lganlarning vazifasidir. Ushbu tashabbus, ya’ni, bolalar hamda yoshlarga Yaratguvchi tomonidan berilgan in’omlarni kashf qilish va rivojlantirishda yordam berish, hamda ishonchli insoniy munosabatlarni yaratish - ko’rkam va o’z o’rnida mushkul vazifadir. Ta’lim berish vazifasini nazarga olgan holda, yaqinda Avliyo Papa Benedikt XVI ushbu gaplarni keltirib o’tdilar: “Shu sababli, bugungi kunda biz faqat tartib-qoida va asoslarni ajratadiganlarga emas, balki haqiqiy guvohlarga har qachongidan ham muxtojmiz… Avvalambor guvoh bu, boshqalarga tatbiq qilib kelayotgan hayot bo’yicha o’zi yashab keladigan insondir.” (“Dunyo Tinchligi Kuniga bag’ishlangan Nutq”, 2012) Bundan tashqari shuni esda tutish kerakki, yoshlar ham o’z o’rnida o’zlarining ta’limoti hamda adolat va tinchlik shakllanishi uchun ma’suldirlar. 3. Avvalambor adolat insonning yaxlit, to’la shaxsiyati orqali aniqlanadi, va shaxsiyatning kommutativ va taqsimlanadigan jihatlariga bo’lina olmaydi. Biz shuni yodda tutishimiz kerakki, barchamizga umumiy bo’lgan maqsadlarga hamfikrlik va do’stona hislarsiz erishib bo’lmaydi! E’tiqod qiluvchilar uchun, asl adolat, haqiqat, hamda Xudo bilan hamjihatlikdagi hayot, insonning o’z-o’zi bilan, boshqalar bilan hamda butun borliq bilan bo’lgan bog’liqliklarni chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. Bundan tashqari, e’tirof etish lozimki, adolatning asosi bu barcha insonlar Xudo tomonidan yaratilganligi, hamda bitta oila ekanligidir. Hayotni bunday nuqtai nazardan ko’rish, aql-idrok hamda samimiy ustunlikka to’la hurmat qilgan holda, barcha insonlarni yaxshilikka yetaklaydi, hamda huquqlar va burchlar uyg’unligiga undaydi. 4. Bizning bugungi mushkul dunyoimizda yoshlarga tinchlikka qaratilgan ta’lim bermoq borgan sari muhim bo’lib kelmoqda. Buning uchun tinchlikning asl tabiati tushunilishi lozim, ya’ni tinchlik bu nafaqat urushlar yo’qligi, yoki qaramaqarshi tomonlarning muvozanati, balki bu bilan bir vaqtda Xudo tomonidan insoniyat hayotini to’xto’vsiz ravishda davom ettirishi uchun berilgan tuxfadir. Bu o’z ornida adolat mevasi va ehson natijasidir. E’tiqod qiluvchilarning o’z jamiyatlarining hayotida faol qatnashishlari muhim ahamiyatga egadir, chunki rahmdillikni, birdamlik, hamjihatlik va aka-ukalikni odat qilish qilish orqali yoshlar bugunki kunning mushkul vazifalariga, ya’ni bir tekisdagi o’sish, har tomonlama rivojlanish, ixtiloflarni oldini olish va hal qilishga sezilarli hissa qo’shadilar. 5. Xulosa qilib aytganda, biz shu xatni o’qayotgan Musulmon hamda Xristian yoshlarini, adolat va tinchlik jarchilari bo’lishlarini, har bir inson qadr-qimmati va huquqlarini xurmat qiladigan jamiyat qurishlarini, hamda ozodlik va haqiqat tushunchalarini mustahkamlashlarini chin dildan xohlab kelmoqdamiz. Biz yoshlarni shu oliy maqsadlarga yetishish yo’lida sabr-toqatga chaqiramiz, hamda o’z o’rnida shubhali murosalarni, yolg’on yo’llarni va inson huquqlarini xurmat qilmaydigan vositalarni ishlatmasliklarini xohlaymiz. Adolat va tinchlik asoslariga ega bo’lgan jamiyatni faqatgina shu asoslarga chin qalbdan ishongan erkak va ayollar qura oladilar. “Tinchlik namoyondalari” bo’lishni xohlaydigan oila, qalb va jamoalarni Xudo o’zi umid va tinchlik bilan bag’ishlasin! Barchangizga Bayram muborak bo’lsin! Vatikan, 3 Avgust 2012-yil Kardinal Jan-Lui Toran Bosh Rais Arxiepiskop Pyer Luidji Chelata Vazir PONTIFICAL COUNCIL FOR INTERRELIGIOUS DIALOGUE 00120 Vatican City Telephone: 0039-06-6988 4321 / 06-6988 3648 Facsimile: 0039-06-6988 4494 Email: dialogo@interrel.va |